Ustoz ~ muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qaro boʼlardi zamon.
Аbdurahmon Jomiy.
Ustoz! Muallim! Mudarris! Murabbiy!
Bu soʼzlar naqadar purmaʼno va sermazmundir. Bu soʼzlarni eshitganda qalblar junbushga kelib, koʼngillar yorishib ketadi. Zero, esimizni tanigan ilk onlarimizdan boshlab aynan ana shunday zotlar bizning qoʼlimizdan tutib kelmoqda. Hech birimiz birinchi boʼlib oʼqish-yozishni oʼrgatgan ustozimizni yodimizdan chiqarmaganmiz, desak, mubolagʼa boʼlmaydi.
Joriy yilning 30 sentyabr kuni "1 - oktyabr Ustoz va Murabbiylar kuni" munosabati bilan Shahrisabz tuman 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida kontsert dasturi oʼtkazildi. Kontsertda maktabimizning faxriy oʼqituvchilari, ota-onalar tashrif buyurishdi.




