Yangiliklar

Shahrisabz tumani 16-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 2025–2026 o‘quv yilining I-yarim yillik akademik imtihonlari boshlandi.

 

 


Bugun Mazkur imtihonlar doirasida "An’anaviy xonandalik,sozandalik,Estrada xonandalik bólimilari “yônalishlarida dastlabki akademik sinovlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlarni Direktor Intizor Maxmudov boshchiligidagi malakali ustozlar belgilangan nizom va talablar asosida, ochiqlik, xolislik hamda adolat tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda tashkil etildi.

Yosh o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, musiqa yo‘nalishidagi ilk akademik tayyorgarlik darajalarini ko‘rsatdilar. Ushbu imtihonlar bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirish, ta’lim sifati va intizomni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.