Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ushbu tashabbusni qo'llab quvvatlagan holda Shahrisabz tumanidagi 16-son Bolalar musiqa va san'at maktabida "Besh muhim tashabbus" haftaligi e'lon qilindi va maktab jamoasi haftalik doirasida 21-sentabr kuni tumandagi bir qator umumiy o'rta ta'lim maktablarida targ'ibot va tashviqot tadbirlarini o'tkazishdi.
O'tkazilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad tumanimizdagi iqtidorli yoshlarni musiqa va san'at turlariga qiziqishlarini oshirishga va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan


