Yangiliklar

20-oktabr kuni Shahrisabz tuman 16-son Bolalar musiqa va san'at maktabining Xalq cholg'ulari bo'limi o'qituvchisi G'aniyev E'zozbek tomonidan "Qashqar rubobining o'zbek san'atidagi o'rni" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Dars davomida cholg'u asboblarining yaratilishi va uning rivojlanish tarixiga nazar solindi. Dars jarayonini maktabning malakali ustozlari hamda bo'limda tahsil olayotgan o'quvchilar kuzatib borishdi.

 

Manba: Shahrisabz tuman 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi