Shahrisabz tuman 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida joriy yilning 17-noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Shahrisabz tuman hokimligi,
Shahrisabz tuman Madaniyat boʼlimi hamda 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamkorligida madaniy-maʼrifiy bayram tadbir oʼtkazildi. Tadbirni Shahrisabz tuman hokimi oʼrinbosari Shahlo Togʼaeva kirish soʼzi bilan ochib berdi va ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Tadbirga tashrif buyurganlar ajoyib kuy-qoʼshiqlar va raqslardan bahramand boʼlishdi.




Manba: Shahrisabz tuman 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi