Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
IKKINCHI TASHABBUS ~Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Ushbu tashabbusni
qo‘llab -quvvatlagan holda SHahrisabz tuman 16~son bolalar musiqa va san'at maktabida "Besh muhim tashabbus" haftaligi e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan maktab o'quvchilarini nafaqat musiqa va san'at turlariga jalb qilibgina qolmay balki ularni jismonan sog'lom va barkamol inson bo'lib voyaga etishlari uchun, darsdan bo'sh vaqtlarida haftalik doirasida 2022 yil 24~sentyabr kuni maktab o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Futbol musobaqasida g‘olib bo‘lgan Tasviriy san'at bo'limining "Sanat" jamoasi faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
