Yangiliklar

Joriy yilning 16-dekabr kuni Respublika miqyosida o'tkazilayotgan "Vatan taraqqiyotida mening hissam" ko'rik tanlovining tuman saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Shu tanlovda tumanda ijod qilayotgan iste'dodli yoshlar o'z mutaxassisliklari bo'yicha o'zaro bellashdilar. Shu jumladan, 16- sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida tahsil olayotgan o'quvchilar faol ishtirok etib, hakamlar e'tirofiga sazovor bo'lishdi.
Amaliy san'at yo'nalishi bo'yicha ishtirok etgan Jo'raqulova Shaxrizoda tuman saralash bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.
G'olibamizga kelgusi bosqichlarda muvaffaqqiyat tilab qolamiz!!!

 

 Manba: Shahrisabz tuman 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi