Yangiliklar

14~fevral shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Joriy yilning 14~fevral kuni Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida Shahrisabz shahar 20~son, Shahrisabz tuman 16~17~son bolalar musiqa va san'at maktablari hamkorligida o‘zbek tilining asoschisi, davlat arbobi, buyuk mutaffakir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540~yilligi munosabati bilan "Nazm va navo" kechasi bo‘lib o‘tdi. "Nazm va navo" kechasida "An'anaviy xonandalik" o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Bobur g‘azallari ijro etildi. Bobur hayotiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir so‘ngida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi Elmurod Boymurodov,  faxriy ustozlar va BMSM rahbarlari hamda Madaniyat markazi  direktori  O. Jalilovlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. 

Manba: Shahrisabz tuman 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi