Joriy yilning 1~mart kuni Shahrisabz tuman 16~son bolalar musiqa va san'at maktabida shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kunlari munosabati bilan
"Amaliy san'at" bo‘limi o‘qituvchilari va o'quvchilari ishtirokida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar Zulfiyaning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid malumotlarni aytdilar.Shoiraning tavallud kunida o‘tkazilgan tadbirda Zulfiya qalamiga mansub she'rlar yod aytildi.Bahor bilan egizak shoiraning sevgi va sadoqatga haykal qurilgudek hayoti tarannum etilgan she'rlar tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bo`ldi.


Manba: Shahrisabz tuman 16-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi