Yer yuzida jamiki inson borki, uning kamolotida, shaxs sifatida shakllanishida va jamiyatda oʻz oʻrnini topishida aziz ustozlarning mehnati oʻrni beqiyos. Zahmatkash, fidoyi muallim va oʻqituvchilar oʻz shogirdlariga nafaqat bilim beradilar, balki ular qalbiga insonga xos ezgu fazilatlarni singdirib boradilar. Oʻquvchisi mehr-oqibat, sadoqat, mehnatsevarlik singari xislatlar bilan ulgʻayishini istab turli pand-nasihatlar beradi, toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi. Xuddi ota-onamiz kabi kichik yutuqlarimizdan quvonadi, bizdagi koʻrinmas iqtidorni, qobiliyatni ilgʻay oladi, uni rivojlantirishga harakat qiladi.
1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni yurtimizda keng nishonlab kelinadi Shahrisabz tumanidagi 16-son Bolalar musiqa va san'at maktabida ham ushbu kun munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.



Tadbirda maktabning barcha bo'lim o'quvchilari ishtirok etib o'z iste'dodlarini namoyish qilgan holda ustozlariga bayram tabriklarini dil izhorlarini taqdim etishdi. Konsertda kuylangan kuy qo'shiqlar tashrif buyurgan mehmonlar qalbidan joy olganini qarsaklar jarangidan bilish qiyib emasdi. Tadbir so'ngida maktab direktori I. Maxmudov maktabning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari N. Abdiaxatovalar so'zga chiqib bayramona tabriklarini izhor etishdi.
Maktab direktori tomonidan Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi raisi Isoq Latipovich To'rayevning ustoz va murabbiylarga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi hamda maktabning faxriy ustozi Abdumalik Maxmudovga shu qator ko'p yillardan buyon maktabda faoliyat olib borayotgan ustoz Xolida Ochilovalarga boshqarma tomonidan taqdim etilgan tashakkurnoma va esdalik sovg'alar topshirildi.




