Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi. U inson kamolotida betakror o‘rin tutadi. Inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog‘liq.
Shu boisdan yurtimizda 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kunda Shahrisabz tumanidagi 16-son Bolalar musiqa va san'at maktabida ham "O'zbek tili-milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda maktabning barcha bo'lim o'quvchilari ona tilimizni tarannum etuvchi she'rlar va kuy-qo'shiqlari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbir so'ngida maktabning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari N. Abdiaxatova so'zga chiqib ona tilimiz haqida va uning tarixi haqida nutq so'zlab yig'ilganlarga samimiy tadbrigini izhor etdi.






