1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Ustozlarga ehtirom" nomli konsert dasturi namoyish etildi
Tadbirda maktabning barcha bo'lim o'quvchilari o'z chiqishlari bilan ustozlariga ehtirom kursatishdi.
Yer yuzida jamiki inson borki, uning kamolotida, shaxs sifatida shakllanishida va jamiyatda oʻz oʻrnini topishida aziz ustozlarning mehnati oʻrni beqiyos. Zaxmatkash, fidoiy muallim va oʻqituvchilar oʻz shogirdlariga nafaqat bilim beradilar, balki ular qalbiga insonga xos ezgu fazilatlarni singdirib boradilar. Oʻquvchisi mehr-oqibat, sadoqat, mehnatsevarlik singari xislatlar bilan ulgʻayishini istab turli pand-nasihatlar beradi, toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi.
Tadbirga bir qator faxriy ustozlar ham taklif qilinib, ularga estalik sovğalar topshirildi .
Faxriy ustozlar bilan dasturxon atrofida iliq va samimiy xotiralar esga olindi.