Yangiliklar

 “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Shahrisabz tumanida katta bayram sayli bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbirda ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tibor, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar ongida tilimizga g‘urur va faxr tuyg‘usini mustahkamlash maqsad qilingan.

Sayil davomida kitobxonlik, chellenj, she’riyat va g‘azalxonlik, jadidlar siymosiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar, hamda ijodiy ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Shuningdek, yosh ijodkorlar va til ixlosmandlari o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar.

Bayram sayli davomida Ona tilimizning tarixiy ahamiyati, ma’naviy qudrati va millat hayotidagi o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.

Shahrisabz tumani  16-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi