Tashkil etilgan Konstitutsiya burchagi orqali o‘quvchilar Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan tamoyillari hamda demokratik islohotlarning huquqiy asoslari bilan yanada chuqurroq tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-60-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Shahrisabz tumani 16-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya burchagi» tashkil etildi.